
Muqobil energiya manbalari, energiya saqlash vositalari (akkumlyator batareyalar), dizel generator va markazlashtirilgan energiya tarmoqlarini yagona tizimga birlashtirsh va elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, saqlash va iste’mol rejimlarini muvofiqlashtirish uchun elektr parametrlari qiymatlarini monitoring qilish talab etiladi. Buning uchun istemolchilarning taqsimlash shinalariga kerakli datchiklar o‘rnatiladi va ulardagi signallar boshqaruv qurilmasiga uzatiladi boshqaruv qurilmasi signallarni malumotlar bazasida yig‘ib boradi.
