
Ilmiy maqolada jinoyat huquqidagi xato tushunchasi va uning belgilari, shu bilan bir qatorda xatoning turlari, ayniqsa, faktik xatoning o‘ziga xos jihatlari, Jinoyat kodeksi Maxsus qismida nazarda tutilgan jinoyat belgilariga nisbatan xato qilinganda qilmishni kvalifikatsiya qilish bilan bog‘liq masalalar va ayrim xorijiy davlatlar jinoyat huquqida faktik xato uchun javobgarlik masalasi yoritib berilgan.
