
Mazkur o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 20-apreldagi “Davlat ta’lim talablarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 121-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Xalq ta’limi tizimi rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish ta’limining mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablari hamda 2022-yil 17-oktabrdagi “Xalq ta’limi tizimida oliy ma’lumotli pedagog kadrlarni kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslarini takomillashtirish va o‘quv-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi 321-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan texnologiya fanini o‘qitish huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kursining tayanch o‘quv rejasi va namunaviy o‘quv dasturi asosida yaratildi. Unda kasb-hunarga yo‘naltirish asoslari, kasb tanlashga yo‘llashning mazmuni, kasb tanlashga yo‘naltirishning tarkibi, uning tuzilishi, vazifalari va unga bo‘lgan zamonaviy yondashuvlar hamda undan amalda foydalanishga doir tavsiyalar bayon qilingan. O‘quv qo‘llanmadan umumiy o‘rta ta’lim maktablari texnologiya fani o‘qituvchilari, texnologiya fanini o‘qitish huquqini berish bo‘yicha qayta tayyorlash kurslaritinglovchilari, shuningdek professional ta’lim tashkilotlari o‘qituvchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari, professor -o‘qituvchilar hamda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha shug‘ullanayotgan tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
