
Bugungi kunda dunyo bo‘yicha qishloq xo‘jaligida tuproq unumdorligi kamayib ketmoqda va degradatsiyaga uchragan maydonlar salmog‘i ortib bormoqda. Irrigatsiya va shamol eroziyasi, sho‘rlanish, ifloslanish, botqoqlashish hamda cho‘kish jarayonlari ta’sirida yerlarning meliorativ holati yomonlashmoqda va tuproq unumdorligi pasayishiga sabab bo‘lmoqda. O‘zbekistonimizda bozor iqtisodiyotini munosabatlari keng joriy etilishi qishloq xo‘jaligi oldiga aholini oziq-ovqat mahsulotlariga b’lgan ta’labini o‘zimizda ishlab chiqarish hisobiga to‘laroq qondirish vazifasini qo‘ymoqda. Bu borada don mahsulotlari etishtirish va aholiga yetkazib berish muhum o‘rinni egallaydi.
