
Qon kasalliklari, qon sistemasi kasalliklari — periferik qon va qon yaratuvchi a'zolarning shikastlanishi bilan kechadigan kasalliklar guruhi. Qon kasalliklarining kelib chiqish sabablari va belgilari xilma-xil, lekin ularning hammasida ham qon hujayralarining ishlanib chiqishi, funksiyalari, organizmda taqsimlanishi va boshqa koʻrsatkichlari buziladi. Bu oʻzgarishlar qon yaratilishini idora etadigan nerv-endokrin sistema funksiyasi hamda boshqa a'zolar (me'da, jigar) faoliyatiga, organizmning irsiy xususiyatlarini belgilovchi gen apparatiga bogʻliq. Kalit so’z: qon, leykosit, trombotsit, eritrosit, hujeyra, gemoglobin
