
Mexanik ta’sirlarning turlari va manbalari. Elektr sxemalar ishlab chiqarish, ekspluatatsiya qilish va saqlash jarayonida miqdoriy jihatdan tebranishlar chastotasining diapazoni, shuningdek, tebranishlar amplitudasi, tezlanish, ta’sir davomiyligi bilan tavsiflanadigan u yoki bu dinamik mexanik ta’sirlarni boshdan kechirishi mumkin. Barcha dinamik mexanik ta’sirlar sifat jihatdan vibratsion ta’sirlar (vibratsiya), zarbali ta’sirlar (zarbalar) va inersion ta’sirlarga (chiziqli tezlanish) bo‘linadi.
