
Maqolada Shamisso arnikasi (Arnica chamissonis Less.)ni Qarshi vohasi sharoitidaayrim bioekologik xususiyatlari keltirilgan. Introduksiya sharoitida Shamisso arnikasiumrining dastlabki yilida yaxshi o‘sib, rivojlanganligi, yozning issiq va quruq sharoitidanzararlanmaganligi, gullash davri davomiyligi o‘z vatanidagiga nisbatan qisqarganligikuzatilgan. Bahor-yoz oylarida o‘simlikning yer ustki organlari, kuzda esa uning yerostkiorganlari yaxshi o‘sganligi aniqlangan.
