
Maqolada yoshlar va ularning intellektual salohiyati tushunchasining mazmuni, uni rivojlantirish omillari – bilim, axborot, davlatning intellektual siyosati kabi tushunchalar o‘rganilgan. Intellektual salohiyat tushunchaning tarixiy rivojlanish evolyusiyasi, antik davr mutafakkirlaridan zamonaviy faylasuflarning asarlaridagi talqinlari keltirilgan. Intellektual salohiyatning O‘zbekiston taraqqiyotida o‘rni, uni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatining ayrim jihatlari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: intellekt, salohiyat, yoshlar, bilim, axborot, ta’lim, fan, taraqqiyot, rivojlanish strategiyasi, jamiyat.
