
Saraton hastaligi butun dunyoda sog'liqni saqlash tashkilotlarining asosiy muammolaridan biri bo’lib kelmoqda. Hayot davomida saraton (75 yoshgacha) rivojlanish xavfi taxminan 20% va saraton kasalligidan o'lish xavfi 10% tashkil qiladi [1]. Har besh kishidan biri hayoti davomida saraton kasalligiga duchor bo'ladi va hastalikga chalingan bemorlarning o'ntasidan bittasi kasallikdan vafot etadi. 2020-yilda saraton bilan kasallanishning 2,26 million yangi holatlar qayt etilgan [2]. Ayollarda ko'krak bezi saratoni dunyo bo'ylab eng ko'p tashxis qo'yiladigan va hastalangan ayollar o’limiga sabab bo’ladigan saraton turi hisoblanadi [3].
