
Abdulla Qahhor o‘zbek milliy tili taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan yirik so‘z san’atkoridir. Adib tilimiz ma’naviyativiz taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shib, axloqiy qadriyatlarni ulug‘lagan. “Biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi”. Zero, adib asarlarining shuhrati, sevilib o‘qilishi unda axloqiy qadriyatlarning ustunligi, qo‘llangan so‘z, iboralarning «ko‘pchilik xumdonidan pishib chiqqan yangi hayot ayvoniga ustun bo‘lish» darajasida fikr bezagi, nutqimiz ko‘rki vositasi ekanligidir. Mazkur g‘oyaviy estetik aksiomaga Abdulla Qahhor o‘zining butun ijodiy faoliyati davomida ulug‘ yozuvchilar singari milliy nutq madaniyati taraqqiyotini kuzata borib, uning takomillashuvi, silliqlashuvi yangi so‘z shakllari, iboralar bilan boyishini o‘ziga xos lug‘aviy birliklar qo‘llash uslubi bilan erishganligi shubhasizdir. Bu jihatdan adib qo‘llagan zaharli so‘z, olovli qamchi, erkak sabzi singari ko‘plab o‘xshatishlar, falsafa sotmoq, nasiyaga mol so‘ramoq, keraksiz pardani ko‘tarmoq singari yuzlab frazeologik birliklar, oq poshsho bo‘lmasa, ko‘k poshsho bo‘lar, eshakni yashirsangiz hangrab sharmanda qiladi kabi qator maqollarning uslubiy qo‘llanishi, alohida diqqatga sazovor bo‘lgan lug‘aviy vositalardir
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
