
Mazkur maqolada biz Alisher Navoiyning barcha asarlari uchun mushtarak bo'lgan asl g'oyani, ya'ni Navoiyning badiiy ijoddan ko'zlagan asosiy maqsadini yoritishga urindik. Adibning barcha asarlarida yaxlit bir g'oya mavjud: bu insonning Yaratgan tomon ma'naviy komillik sifatlari bilan ko'tarilib borishidir. Shoirning eng kichik asarlaridan tortib to ulug'vor "Xamsa"sining mohiyatida ham yagona shu g'oya talqiniga qayta-qayta duch kelaveramiz. Qolgan barcha go'zal fazilatlar tarannumi shu umumiy maslakning rivoji, anglanishi uchun xizmat qiladi. Badiiy adabiyotning maqsadi komil insonni tarbiyalash ekanligini hisobga olsak, komil inson tarannumi sharq mumtoz adabiyotida adabiy an'anaga aylangan desak mubolag'a bo'lmaydi. Nazarimizda Alisher Navoiy asarlarining har birida komil inson g'oyasi tarannumi bor. Alisher Navoiyning badiiy ijoddan ko'zlagan maqsadi, timsollarning harakat strategiyasi, sujetning takomillashib borishi, xullas, adib asarlaridagi har bir element insondagi ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga xizmat qilishiga shak-shubha yo'q.
adabiy an'ana, komil inson g'oyasi, mumtoz adabiyot, tasavvuf adabiyoti, avliyo va anbiyolar, xamsanavislik an'anasi, piri komil, ilohiy ishq
adabiy an'ana, komil inson g'oyasi, mumtoz adabiyot, tasavvuf adabiyoti, avliyo va anbiyolar, xamsanavislik an'anasi, piri komil, ilohiy ishq
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
