
Kelajagimiz poydevori bo'lgan yoshlarning ta'lim-tarbiyasi, avvalo, oilada shakllanadi. Shaxsga xos bo'lgan xarakter xislatlari, shuningdek, millatimizga xos bo'lgan etnik xususiyatlarimizdan, kattalarni e'zozlash, kichiklarni izzat qilish, Vatanni sevish va burch kabi hislatlarning barchasi oilada shakillanadi. O'smirlik yoshi -qiziqishlari, xohish va ehtiyojlari turli xil bo'lgan yosh davri hisoblanadi. Bu davrda o'quv motivatsiyasini oshirib borishda muhim ahamiyat kasb etadi. O'quvchi va o'smirlar o'quv faoliyatining ijtimoiy motivlari ularning boshqa odamlar bilan muomalaga kirishish ehtiyoji bilan uzviy bog'liq bo'lib, ularni baholash, quvvatlash, tengdoshlari jamoasida muayyan joy egallash singari talablarda o'z aksini topadi. Mazkur motivlar o'quv faoliyatining mohiyati bilan bog'liq bo'lmay, balki unga yondosh yordamchi faktorlarni anglatadi. Ammo ushbu motivlar o'quvchi va o'smir o'qishiga jiddiy turtki vazifasini bajaradi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
