
So'nggi yillarda yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish uchun qaratilgan yondashuvlarining o'zgarishi va xavf omillarining boshqarish bilan tavsiflanadi. Birinchi navbatda dislipidemiya, arterial gipertenziya, chekish, qandli diabet (QD) bo'lgan asosiy xavf omillarini boshqarishga qaratilgan. Ushbu yondashuv bilan yurak-qon tomir kasalliklari xavf omillarini individual baholash muhim ahamiyatga ega [16]. Ko'p yillar davomida diastolik qon bosimi darajasi arterial gipertenziya uchun asosiy xavf omili hisoblangan, ammo so'ngi yillardagi keng ko'lamli tadqiqotlar o'rtacha dinamik qon bosimi va puls bosimi (PB) yurak-qon tomir tizimining asosiy xavf omilining belgilari ekanligini isbotladi. Yurak vibrosi va arterial qattiqlik puls bosimining asosiy omili bo'lganligi va yurak vibrosi Yoshi kattalashishi bilan pasayish tendentsiyasiga ega bo'lganligi sababli, arterial qattiqlikni aniqlashning klassik belgisi bo'lgan puls to'lqinining tarqalish tezligi (PTTT) sanalib, u mustaqil yurak-qon tomir xavf omili deb hisoblash mumkin. Arterial gipertenziya (AG) bilan og'rigan bemorlarda bugungi kunda tomirlarning elastik xususiyatlarini baholash uchun quyidagi asosiy ko'rsatkichlar qo'llaniladi: cho'zilish, qattiqlik, moslik va elastiklik. Puls to'lqinining tarqalish tezligini aniqlash orqali qon tomirlar devori qattiqligi va katta arteriyalarning holati haqida to'liq tasavvurga ega bo'lishi mumkin. Hozirgi vaqtda arterial devorlarining qattiqligi va cho'zilishi, shuningdek, PTTT mustaqil xavf sifatida qabul qilinadi [6,7]. Yurak-qon tomir asoratlari uchun xavf omillar, shu bilan birga qattiqlikning oshishi va PTTTning oshishi yurak-qon tomir kasalliklarining erta bosqichlarida qayd etilganligi aniqlangan. Shuning uchun PTTTdagi o'zgarishlarni aniqlash klinik tadqiqotlar uchun umumiy tibbiy amaliyotda ham qo'llanilishi mumkin.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
