
Bugungi kun o'qituvchidan ilg'or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalaridan o'quv jarayonida foydalanishni talab etmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, tajribalarimiz asosida dars mashg'ulotlarida interfaol metodlarni qo'llash orqali ta'lim-tarbiya berish yo'llariga doir fikrlarimizni bayon etamiz. O'quvchilarning tabiiy sharoitlarda nazariy bilimlarni o'rganishga yo'naltirilgan harakatlari ayrim vaqtlarda samarasiz ham bo'lishi mumkin. Quyidagi holatlar ana shunday oqibatni keltirib chiqaradi: o'quvchilarning bilish faoliyati aniq maqsadga yo'naltirilmasa;o'quvchilarning e'tiboriga tabiatni o'rganishdan ko'zlangan aniq maqsad asosida o'quv topshiriqlari havola etilmasa; boshlang'ich sinf o'quvchilarining tabiatni bilishga bo'lgan hissiy yondoshuvlari ilg'or didaktik metod va usullar yordamida rivojlantirilib borilmasa; fan o'qituvchilari mavjud vaziyat hamda o'quvchilarning shaxsiy imkoniyatlarini o'zaro uyg'unlashuviga erisha olmasa va boshqalar
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
