
Mazkur maqolada koreys tili va madaniyatini o'rganishda an'anaviy va innovatsion yondashuvlarning uyg'unligi izchil o'rganilib chiqadi. Tadqiqot shuni ko'rsatadiki, konfutsiylik etikasi, hurmat darajalari, milliy qadriyatlar kabi an'anaviy omillar bilan bir qatorda K-pop, K-drama, raqamli texnologiyalar va interfaol metodlarning til o'qitishdagi o'rni izohlangan. Shu bilan birga, zamonaviy ta'lim texnologiyalari orqali o'quvchilarning motivatsiyasini oshirish va madaniy kompetensiyani rivojlantirish masalalari ko'rib chiqilgan.
