
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim pedagoglarida axborot bilan ishlash kompetentligini rivojlantirishning dolzarb masalalari, uning tarkibiy qismlari, zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Zamonaviy axborot jamiyati sharoitida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish, raqamli texnologiyalar va axborot resurslaridan unumli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish bosqichlari tahlil qilingan. Shuningdek, pedagoglarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi savodxonligini yuksaltirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar, pedagogik-psixologik omillar va samarali metodik yondashuvlar bayon etilgan.
