
Ushbu maqolada zamonaviy axborot tizimlarining negizi bo‘lgan ma’lumotlar bazasini loyihalash jarayonlari, xususan, Entity-Relationship (ER) modeli va relyatsion modellarning nazariy hamda amaliy jihatlari tadqiq etiladi. Aeroport boshqaruv tizimi misolida ma’lumotlar bazasining konseptual va mantiqiy sxemalarini yaratish bosqichlari, obyektlararo bog‘lanishlar va atributlar tahlil qilingan. Tadqiqotda DrawSQL kabi zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash vositalarining afzalliklari va murakkab tizimlar uchun HERM (Higher-Order Entity-Relationship Model) modelining ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan.
