
Mazkur maqolada o‘zbek va turk tillaridagi yuklama vazifasida keluvchi birliklar qiyosiy jihatdan o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida ularning ma’no va vazifalari, gap tarkibidagi o‘rni hamda uslubiy xususiyatlari tahlil qilindi. Yuklamalarning gap mazmuniga ta’siri, ko‘p ma’noliligi va turli vazifalarda qo‘llanishi aniqlandi. Ushbu tadqiqot o‘zbek va turk tillarining umumiy va farqli tomonlarini aniqlashga, shuningdek, turkiy tillar qiyosiy grammatikasini yanada boyitishga xizmat qiladi. Maqolada keltirilgan xulosalar og‘zaki nutq, badiiy va ommabop matnlardan olingan misollar asosida yoritildi.
