
Mazkur maqolada gender lingvistikasining o‘ziga xos jihatlari, xususan, o‘zbek tili misolida ayollar nutqining xususiyatlari tahlil qilinadi. Unda nutqning leksik, grammatik va fonetik jihatlari gender nuqtayi nazaridan o‘rganilib, shuningdek, ijtimoiy-madaniy omillarning o‘zbek tilida so‘zlashuvchilarning nutqiy xulq-atvoriga ta’siri yoritib beriladi.
