
Ushbu maqolada 8–9-sinf o‘quvchilarida ingliz tiliga motivatsiyani oshirishning pedagogik yondashuvlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda gamifikatsiya elementlariga asoslangan interaktiv metodlarning ta’lim jarayoniga ta’siri o‘rganildi. Xususan, Kahoot! platformasidan foydalanish orqali o‘quvchilarning darsga jalb etilishi, ichki va tashqi motivatsiyasi hamda ingliz tilini o‘zlashtirish samaradorligi tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, o‘yin elementlari bilan boyitilgan interaktiv darslar o‘quvchilarda sog‘lom raqobat muhitini yaratadi, ularning faolligini oshiradi va ijobiy o‘quv motivatsiyasini shakllantiradi. Shuningdek, platformadan metodik jihatdan to‘g‘ri foydalanish ingliz tili kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishi asoslab berildi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
