
Mazkur ilmiy maqolada yosh erkin kurashchilarning mashg‘ulot jarayonida jismoniy va funksional yuklamalarni pedagogik kuzatuv asosida boshqarish uslubiyati yoritilgan. Tadqiqotda pedagogik kuzatuv sportchilarning individual jismoniy rivojlanish darajasi, texnik-taktik tayyorgarligi va mashg‘ulotlarga moslashuv xususiyatlarini aniqlashning samarali vositasi sifatida ko‘rib chiqiladi. Erkin kurash mashg‘ulotlari misolida yuklamalarni rejalashtirish va boshqarishda tizimli kuzatuvning ahamiyati ilmiy jihatdan asoslanadi. Olingan natijalar pedagogik kuzatuv asosida moslashtirilgan mashg‘ulot yuklamalari sportchilarning charchoq darajasini kamaytirish, sport natijalarini oshirish hamda jarohatlanish xavfini pasaytirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Tadqiqot xulosalari murabbiylar faoliyatida yosh kurashchilarni tayyorlash jarayonini takomillashtirishda amaliy ahamiyatga ega.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
