
Maqolada Ahmad Maydoniyning «Nuzhatu-t-tarf fi i'lmi-s-sarf» asarida ismlarning talqini hamda ularning morfologik tuzilishi tahlil qilingan. Muallif asarda sarf ilmi faqat fe'llar emas, balki ismlar tizimini ham oʻz ichiga olishini ta'kidlaydi. Tadqiqotda ismning «mujarrad» va «mazid» turlari, ularning uch, toʻrt va besh harfli vaznlari, shuningdek, ishlatilmaydigan qoliplarning sabablari izohlangan. Maydoniyning qarashlari Ibn Usfur, Ibn Hojib va Ahmad al-Hamlaviy kabi grammatik olimlarning fikrlari bilan solishtirilib, sarf ilmidagi izchillik va ilmiy uzviylik yoritilgan. Maqolada ismlarning turlari, ularning qoʻllanish chegaralari hamda qadimgi arab tilshunosligidagi fonetik va morfologik yondashuvlarning oʻzaro bogʻliqligi ilmiy asosda ochib berilgan.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
