
Maqolada konseptual jadval va grafik organayzerlardan foydalanishning nazariy-metodologik asoslari hamda xorijiy ta’lim tizimlaridagi amaliyotlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda AQSh, Finlyandiya va Janubiy Koreya tajribalarining o‘xshash va farqli jihatlari ilmiy nuqtayi nazardan ko‘rib chiqilib, ularning o‘quvchilarda tanqidiy, ijodiy va analitik tafakkurni rivojlantirishdagi o‘rni aniqlangan. Grafik organayzerlardan foydalanish ta’lim jarayonida bilimlarni mantiqiy tizimlashtirish, fanlararo aloqalarni mustahkamlash va mustaqil izlanish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim vosita ekani isbotlangan. Xalqaro tadqiqotlar natijalariga tayanib, maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun grafik orgonayzerlardan foydalanishning metodik tavsiyalari ishlab chiqilgan. Jumladan, ularni davlat ta’lim standartlariga integratsiya qilish, raqamli platformalarda qo‘llash va o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha amaliy takliflar berilgan. Ushbu yondashuv o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini (kritik tafakkur, kreativlik, hamkorlik va kommunikatsiya) shakllantirish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
