
Mazkur maqolada Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda yuz bergan asosiy geosiyosiy o‘zgarishlar tarixiy-siyosiy tahlil asosida ko‘rib chiqilgan. Urush natijasida kuchlar muvozanatining AQSh va SSSR foydasiga o‘zgarishi, ikki qutbli dunyo tartibining shakllanishi, xalqaro tashkilotlarning vujudga kelishi va mustamlakachilik tizimining yemirilishi global siyosiy landshaftda tub burilish yasadi. Shuningdek, yadro qurolining paydo bo‘lishi, harbiy-siyosiy bloklarning tashkil topishi va ideologik qarama-qarshiliklarning kuchayishi jahon siyosatining yangi bosqichini boshlab berdi. Maqolada ushbu o‘zgarishlarning zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimiga ta’siri ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari urushdan keyingi davrni anglash va hozirgi geosiyosiy jarayonlarni tushunishda muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.
| citations This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
