
Bugungi kunda jahonda soya ishlab chiqarishning o‘sishi ekin maydonlarining ko‘payishi va hosildorlikning oshishi hisobiga taʼminlanib, so‘nggi o‘n yil ichida ekilgan soya maydonining o‘rtacha yillik o‘sish surʼati 1,7 foizni tashkil qilmoqda. “Shundan har gektardan olinadigan soya hosildorligi 1,0 foizga ko‘tarilib, o‘rtacha hosildorlik gektaridan 28 sentnerni tashkil etgan” Shu bilan birga turli tuproq sharoitida soya navlarini joylashtirish, hosildorligi hamda don sifatini jumladan oqsil miqdori, moylilik darajasini oshirishda agrotexnologiya elementlarini ishlab chiqish va tuproq unumdorligini saqlash hamda oshirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borilmoqda. Respublikaning unumdorligi past bo‘lgan och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida, soya ekinini asosiy ekin sifatida yetishtirish, donning oqsil miqdorini, moylilik darajasini oshirishda bio-organo-mineral o‘g‘itlarni qo‘llash, tuproqlarni agroekalogik holatlarini yaxshilash hamda agrotexnologiyalarini ishlab chiqqan holda ishlab chiqarish sanoatida keng joriy etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
| selected citations These citations are derived from selected sources. This is an alternative to the "Influence" indicator, which also reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | 0 | |
| popularity This indicator reflects the "current" impact/attention (the "hype") of an article in the research community at large, based on the underlying citation network. | Average | |
| influence This indicator reflects the overall/total impact of an article in the research community at large, based on the underlying citation network (diachronically). | Average | |
| impulse This indicator reflects the initial momentum of an article directly after its publication, based on the underlying citation network. | Average |
