<script type="text/javascript">
<!--
document.write('<div id="oa_widget"></div>');
document.write('<script type="text/javascript" src="https://www.openaire.eu/index.php?option=com_openaire&view=widget&format=raw&projectId=undefined&type=result"></script>');
-->
</script>
Mazkur maqola nobank kredit tashkilotlarining iqtisodiy o‘sishga ta'sirini tahlil qiladi. Nobank kredit tashkilotlari iqtisodiyotning rivojlanishiga katta ta'sir o‘tkazuvchi muhim sub'ektlardir, chunki ular kreditlash, investitsiyalarni rag'batlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash orqali iqtisodiy jarayonlarni kuchaytiradi. Maqolada nobank tashkilotlarining kichik va o‘rta biznesga kredit ajratish, iste'mol va ishlab chiqarish talabini oshirish, moliyaviy barqarorlikni ta'minlashdagi o‘rni, shuningdek, iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashda qanday rol o‘ynashi batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada raqamli moliya xizmatlarining va fintech texnologiyalarining iqtisodiy o‘sishga ta'siri ham o‘rganilgan.